Mehmonxonalarda ochiq bufet(mehmonxona ovqatlanish tizimi bo‘lib, unda mijozlar turli xil taomlardan o‘z xohishiga ko‘ra tanlab oladi va odatda cheklanmagan miqdorda iste’mol qiladi) nonushtalar bir vaqtlar hashamat ramzi edi. Endi esa ular oziq-ovqat isrofi va atrof-muhitga zarar keltirayotgani uchun tanqid qilinmoqda.
BMT ma’lumotiga ko‘ra, dunyoda har yili 1 milliard tonnadan ortiq ovqat chiqindiga aylanadi. Bufet nonushtalari esa buyurtma asosidagi taomlarga qaraganda ikki baravar ko‘proq chiqindi keltiradi.
Shu sabab ko‘plab mehmonxonalar yangi usullarni joriy qilmoqda. Masalan, kichikroq likopchalar qo‘yilmoqda, taomlar oldindan kichik porsiyalarda tayyorlanmoqda, ayrim joylarda esa “Faqat yeyishingiz mumkin bo‘lganini oling” degan eslatmalar yozib qo‘yilgan.
Mutaxassislar aytishicha, odamlar bufetda pulni qoplash uchun ortiqcha ovqat olishadi. Oddiy o‘zgarishlar – kichik porsiyalar va ongli tanlovga undovchi yozuvlar – isrofgarchilikni kamaytirishi mumkin.
Endi ko‘plab sayohatchilar katta bufet o‘rniga sifatli va kichik porsiyali nonushtani afzal ko‘rmoqda. Shu sabab hashamatli mehmonxonalar mehmonlarga oshpaz tayyorlagan maxsus taomlarni taklif etyapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar