date

Shavkat Mirziyoyev Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Pokiston delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 avgust kuni Pokiston Shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Sahir Shamshod Mirzo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

“Yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi”, deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, Pokiston bosh vazirining joriy yil fevral oyidagi O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan O‘zbekiston-Pokiston ko‘p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalarda o‘zaro muloqot va almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 23 foizga, yuk tashish 50 foizga oshdi. Karachi va Lahor shaharlarida savdo uylari ochildi. To‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paydi.

Harbiy va harbiy-texnik sohalarda, xavfsizlikka zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish borasidagi amaliy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha imzolangan uch tomonlama bitimni tez fursatda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Shavkat Mirziyoyev Pokiston delegatsiyasini qabul qildi