Google YouTube orqali bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini ruxsatsiz yig‘gani uchun sudga tortildi. Kompaniya bu ishni to‘xtatish uchun 30 million dollar to‘lab, kelishuvga bordi.
Da’vo arizasida aytilishicha, YouTube bolalarni multfilmlar va qo‘shiqlar bilan jalb qilib, ularning ma’lumotlarini to‘plagan va reklama uchun ishlatgan. Bu esa ota-onalarning ruxsatisiz amalga oshirilgan.
Aslida Google 2019-yilda ham shu kabi ayblovlar tufayli 170 million dollar jarima to‘lagan edi. Lekin ota-onalar bu safar ham kompaniya qonunni buzishda davom etganini ta’kidlashdi.
Sud bu ish bo‘yicha ayrim yirik kontent ishlab chiqaruvchilarga qo‘yilgan ayblovlarni rad etdi. Shunga qaramay, kelishuv 2013-yildan 2020-yilgacha YouTube’dan foydalangan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qamrab oladi.
Mutaxassislarning aytishicha, da’voga qo‘shiladigan ota-onalar farzandlari nomidan 30–60 dollar olishlari mumkin. Google esa bunday ayblovlarni tan olmagan holda, ishni yopish uchun pul to‘lashni ma’qul ko‘rdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar