date

Saida Mirziyoyeva: “Bishkek ko‘chalari sahnaga aylandi” (video)

Saida Mirziyoyeva: “Bishkek ko‘chalari sahnaga aylandi” (video)
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘z telegram kanaliga Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Zakovat Asian Cup II bellashuvlariga bag‘ishlangan rolikni joyladi.

“Kecha kechqurun Bishkek ko‘chalari sahnaga aylandi. O‘zbek va qirg‘iz san’atkorlari ko‘chalarni to‘ldirib, milliy kuylarni ijro etishdi. Odamlar to‘xtab videoga oldi, san’atkorlarga qarsak chaldi, raqsga tushdi — haqiqiy bayram bo‘ldi! Samimiy qabul uchun tashakkur!”, deb yozdi u.

20 avgust kuni o‘tkaziladigan Zakovat Asian Cup II musobaqasida o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik bilimdonlar o‘zaro kuch sinashadilar.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Saida Mirziyoyeva: “Bishkek ko‘chalari sahnaga aylandi” (video)