Foto: Depositphotos / rbhavana
29 sentyabrda Butunjahon yurak kuni nishonlanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurak-tomir kasalliklari butun dunyoda odamlar o‘limining asosiy sababi hisoblanadi.
Parranda yoki baliq go‘shti foydasiga yog‘li go‘shtdan voz kechish, turshak, loviya va yong‘oqlar iste’mol qilish, shakar iste’molini cheklash yurak salomatligini saqlashga yordam beradi. Bu haqda Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining profilaktik tibbiyot tadqiqot markazi saytida ma’lum qilingan.
“Muvozanatlashgan ovqatlanish – sog‘lom yurak tomon birinchi qadamdir, u insonni organizmning barcha tizimlari normal ishlashi va normal vaznni qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan foydali moddalar bilan ta’minlaydi”, deyilgan maqolada.
Taomlar tanlashda parranda, baliq go‘shti va dengiz mahsulotlariga afzallik berish va yog‘siz hamda shirin bo‘lmagan sut-qatiq mahsulotlarini tanlash lozim.
Bundan tashqari, turshak, loviya, yong‘oqlar va kepakli non kabi kaliy va magniyga boy mahsulotlarni iste’mol qilish kerak.
Meva va sabzavotlardan bir sutkada kamida 400 gramm iste’mol qilish lozim. Shakar, shirinliklar, qandolat mahsulotlari va shirin ichimliklar iste’molini cheklash lozim, chunki ular ancha kaloriyali hisoblanadi.
Yurak uchun omega-3 yog‘ kislotalari saqlovchi mahsulotlar – tuzlanmagan skumbriya, syomga, forel va losos iste’mol qilish koni foydadir. Yog‘li go‘sht, qaymoq va yog‘li tvorog iste’molini ham cheklash lozim. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda