05:55 / 17.05.2020
4 588

Saharlikka qiymali tansiq taom retsepti

Saharlikka qiymali tansiq taom retsepti
Mazkur taom ham to‘yimliligi, ham mazaliligi bilan siz uchun sevimli bo‘lishi aniq.

Kerakli mahsulotlar:

  • Qiyma — 500 gr
  • Tuxum — 7 ta
  • Pomidor — 2 ta
  • Piyoz — 1 ta
  • Sarimsoq piyoz
  • O‘simlik yog‘i
  • Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar

Sous uchun:

  • Suyultirilgan pishloq — 4 piyola
  • Smetana — 3 piyola
  • Sarimsoq piyoz. (Sous o‘rniga mayonez ishlatsa ham bo‘ladi.)

Tayyorlanish jarayoni:

  • Qiymaga 1 ta tuxum, mayda to‘g‘ralgan piyoz, tuz, sarimsoq piyoz va ziravorlar qo‘shib aralashtiring.
  • Aralashmani 12 bo‘lakka bo‘ling va sharchalar yasang.
  • Ikkita sellofan paket oling, ulardan biriga qiymalardan birini yoying, ikkinchisi bilan qiyma ustini yopib biroz tindiring.
  • Alohida idishda 6 ta tuxumga tuz qo‘shib aralashtiring.
  • Qiymani tuxumli aralashmaga botiring.
  • O‘simlik yog‘iga solib, qiymani ikki tomonini qovurib oling.

Sous tayyorlash uchun:

  • Suyultirilgan pishloq, smetana va qirg‘ichdan chiqarilgan sarimsoq piyozni aralashtiring. ⠀⠀
  • Go‘sht ustiga sous quying.
  • Kesilgan pomidorlarni terib chiqing va tayyor bo‘lgan qiymalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rang.

Yoqimli ishtaha!

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Saharlikka qiymali tansiq taom retsepti