13:13 / 06.11.2020
3 574

Shifokor koronavirus bemorlari ikki narsadan saqlanishi lozimligini aytdi

Shifokor koronavirus bemorlari ikki narsadan saqlanishi lozimligini aytdi
Koronavirusga chalingan bemorlar sho‘r ovqat kamroq yeyishlari va spirtli ichimliklar iste’mol qilmasliklari kerak. Bu haqda «Sputnik» radiosi terapevt Filipp Kuzmenkoga asoslanib xabar berdi.

«Biz suv-tuz balansini saqlashimiz kerak. Koronavirus infeksiyasi yuqtirganlar tuzli ovqatlardan saqlanish kerak. Ko‘p miqdorda sho‘r baliq, tuzlangan bodring va boshqalarni iste’mol qilmang. Buning o‘rniga siz ko‘proq suv ichishingiz kerak», - dedi shifokor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sho‘r ovqat qonni quyuqlashtiradi, bu koronavirusda uchun zararli. Shifokorga ko‘ra spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni cheklash kerak, chunki bu tananing suvsizlanishiga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor koronavirus bemorlari ikki narsadan saqlanishi lozimligini aytdi