08:58 / 09.12.2020
5 754

Kundalik turmushdagi piyoz bartaraf eta oladigan muammolar

Kundalik turmushdagi piyoz bartaraf eta oladigan muammolar
Foto: Dreamstime.com
Taomlarning shirin va mazali chiqishida hissasi katta bo‘lgan piyoz kundalik turmushda ham samarali hisoblanadi.

Gril uskunasini tozalash uchun
Gril pishiradigan uskuna issiqligida unda qolgan ovqat qoldiqlarini piyoz bo‘lagi bilan arting. Buning uchun sanchqiga piyozni qadang hamda u bilan uskunani yaxshilab arting. Piyozdan ajralgan suyuqlik nafaqat tozalash, balki metallni dezinfeksiyalash xususiyatiga ham ega.

Bo‘yoq hidini ketkazishga yordam beradi
Piyozni to‘rt bo‘lakka bo‘ling, ustiga suv solib, bo‘yoq hidi ketmagan xonaga kechasi qo‘yib qo‘ying. Ertalab esa xonani shamollating, eshik va derazalar ochiq qolganda piyoz bilan birga xonadagi bo‘yoq hidi ham chiqib ketadi.

Piyoz archganda ko‘z yoshlanmasligi uchun
Piyoz archganda ko‘z yoshlanmasligi uchun saqich chaynagan holda po‘stini archib, to‘g‘rang.

Chivinlarni haydash uchun
Chivinlar piyoz hidini yoqtirmaydi. Qo‘llaringizga piyoz surtib yoting: chivinlar sizdan uzoq turishi aniq.

Pichoqning zangini ketkazish uchun
Zang bosgan pichoqni piyoz bo‘lagi bilan arting. Bir necha daqiqadan keyin natija yaqqol seziladi.

Oynalarni muzlab qolishdan himoya qiling
Mashina oynalari sovuqda muzlab qolmasligi uchun kechasi uni piyoz bilan artib qo‘ying.

Piyozni uzoq vaqt saqlash uchun
Piyoz uzoq vaqt turishi uchun teshiklari ko‘p qog‘oz paketda saqlang.

Metallni yaltiratish uchun
Piyozni blenderda maydalang va suv qo‘shing. Yumshoq latta bilan pichoq yoki boshqa metall buyum sirtini arting, keyin esa toza, quruq mato bilan artib tashlang.

Suvaraklardan qutulish uchun
Uyingizni suvarak bosgan bo‘lsa, ma’lum bir joyga kesilgan piyoz bo‘lagini qo‘yib qo‘ying.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kundalik turmushdagi piyoz bartaraf eta oladigan muammolar