Armaniston bosh vaziri metroda uni ayblagan ayol bilan bahsga kirishdi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan metrosida unga Tog‘li Qorabog‘ni Ozarboyjonga berishda ayblagan notanish ayol bilan bahsga kirishdi. Guvohlarning aytishicha, suhbat ayol Pashinyanni hududni yo‘qotishda ayblashi bilan boshlandi.
Bosh vazir bunga javoban, Armaniston hukumati odamlarning Tog‘li Qorabog‘da qolishi uchun milliardlab mablag‘ sarflaganini bildirdi. “Hududda yashashingiz uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. 2023 yilda siz meni chegara yopish bilan aybladingiz, endi esa bu yerga kelib, ‘ortga qaytishni xohlaymiz’ deyapsizlar”, — deya javob berdi Pashinyan.
Bir oz vaqt o‘tib, Pashinyan ayoldan uzr so‘radi va videoni e’lon qildi. U Qorabog‘ mavzusida gapirganda hissiyotlarini jilovlay olmaganini tan oldi. “Qorabog‘lik ayol va uning farzandidan uzr so‘rayman va ularni uchrashuvga taklif qilaman”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!