14:35 / 29.03.2021
2 365

Bola qahva ichsa o‘smay qolishi rostmi?

Bola qahva ichsa o‘smay qolishi rostmi?
Bolalarga odatda qahva berilmaydi, ya’ni ko‘pchilik kofein ularning o‘sish jarayoniga salbiy ta’sir qiladi, deb o‘ylaydi. Aslida-chi? Buni aniqlash uchun mutaxassislar tadqiqot o‘tkazishgani haqida «Profile» yozmoqda.

Kofe yoki kofein bolalarning o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniq isbotini topmagan. Umuman olganda, inson organizmining o‘sish jarayoni ko‘plab omillarga bog‘liq. Masalan, aniqlangan yuzlab genlar inson o‘sishiga 16 foizgacha ta’sir qiladi.

Bolaning umumiy salomatligi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, go‘daklik chog‘ida infeksiyani qayta yuqtirib olish uning organizmi oziq moddalarni o‘zlashtirishi va suyaklari o‘sishini sekinlashtirish mumkin, deb yozmoqda «Livescience» nashri. Qolaversa, bolalikdan sut kabi muhim mahsulotlarning yetarli ekanligi, onaning homiladorlik paytidagi parhezi ham juda muhim o‘rin tutadi, deyiladi «Nutrition Research Reviews» jurnalida chop etilgan ushbu tadqiqotda.

Nega unda ko‘pchilik kofe bolalar uchun zararli deb o‘ylaydi?
1980-yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar muntazam qahva iste’mol qiluvchilarda osteoporoz (suyaklarda kalsiy yetishmovchiligi bilan bog‘liq kasallik) xavfi yuqoriligini ko‘rsatgandi. Chunki kofein organizmdan kalsiyning chiqib ketishini oshiradi (uncha ko‘p bo‘lmasa-da). Agarda kofein suyaklarni kuchsizlantirarkan, mantiqan olib qaraganda, bolalikdan qahvani ko‘p iste’mol qilish bo‘yning o‘smay qolishiga ham olib keladi, degan tushuncha shakllanib qolgan.

Biroq boshqa bir, asosliroq sabab bor: qahvaxo‘rlar odatda kalsiyning asosiy manbai sanalgan sutni kam ichishadi. Demakki, muammo kofeda emas, balki kalsiy yetishmovchiligida bo‘lgan. Qolaversa, so‘nggi o‘tkazilgan tadqiqotlar osteoporoz va qahva iste’moli o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘qligini ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bola qahva ichsa o‘smay qolishi rostmi?