21:57 / 25.04.2021
1 525

Ko‘p esnash xavfli kasalliklar belgisimi?

Ko‘p esnash xavfli kasalliklar belgisimi?

Ko‘pgina insonlar esnashni mutlaqo zararsiz va hatto foydali refleks deb hisoblaydi. Aslida tez-tez va asossiz esnash xavfli kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin. Xo‘sh, esnashning foydali jihatlari ham bormi? Odatda insonning qancha esnashi me’yor hisoblanadi? Depressiyaga moyil insonlar ko‘p esnaydimi? SSV matbuot xizmati tibbiyot fanlari doktori Baxtiyor G‘ofurov bilan suhbat qildi.

— Esnashning foydali jihatlari ham bormi?
— Bu odatning insonga foydali jihatlari juda ko‘p: u orqali mushaklar bo‘shashib, miya va tananing boshqa a’zolari kislorod bilan to‘yinadi, organizmdagi jismoniy charchoq va ruhiy yuk yengillashadi, eng asosiysi, esnash miyani «sovutish»ga yordam beradi.

Esnash paytida eng ko‘p jag‘ mushaklari zo‘riqib, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri insonning ko‘rishiga ta’sir qiladi. Olimlarning aytishicha, uyqusida tishini g‘ijirlatadiganlarga esnash foydali ekan. Ko‘pchilik esnashni tezroq uxlashga ko‘maklashadi, deb o‘ylaydi. Bu notug‘ri, aksincha, u uyquni qochirib, tanani tetiklashtiradi.

— Odatda insonning qancha esnashi me’yor hisoblanadi?
— Odatda inson bir kunda 7-15 martagacha esnashi me’yor hisoblanadi. Biroq undan ortiq esnash, avvalo, surunkali charchash sindromi hisoblanib, bu holatni kunlik 7-8 soatlik uyqu bilan yengib bo‘lmaydi.

Boisi, bu sindrom uzoq davom etgan og‘ir ish jarayoni, to‘yib uxlamaslik, noto‘g‘ri ovqatlanish, sport va jismoniy mehnat bilan muntazam shug‘ullanmaslik oqibatida rivojlanadi. Mutaxassislar tomonidan bunday esnash qonda kortizol (stress) gormonining miqdori orttishi bilan tushuntiriladi.

Shuningdek, inson surunkali charchaganda ko‘krakda og‘riq, nafas olish va yurak urishining tezlashishi, bosh og‘rig‘i va hatto, hushdan ketish holatlari ham kuzatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Ko‘p esnash xavfli kasalliklar belgisimi?