
O‘zbekiston iqtisodiyoti 2025-yilning uchinchi choragida yuqori darajadagi o‘sishni saqlab qoldi. Markaziy bank hisobotida aytilishicha, barqaror investitsiya va biznes faolligi sharoitida yil yakunida iqtisodiy o‘sish sur’ati 7–7,5% atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Aholining real daromadlari oshishi va chakana kreditlash faolligi xarid qobiliyati hamda iste’mol talabini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu esa kelgusida inflyatsion bosimni saqlab qolishi mumkin.
Markaziy bank energiya resurslari narxlarini liberallashtirishning ikkilamchi ta’siri hamda ayrim mahsulotlar taklifiga oid xavflar ehtimolini ham ta’kidladi. Shunday sharoitda inflyatsiyani yanada kamaytirish uchun qat’iy pul-kredit siyosatini saqlash zarur deb hisoblanmoqda.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi siyosat jamg‘armalarning jozibadorligini qo‘llab-quvvatlab, umumiy talab va taklif muvozanatini ta’minlashga, shuningdek, narxlarning o‘sishiga monetar omillar ta’sirini kamaytirishga xizmat qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar