date

Bavariya rahbari Keynning kelajagi borasida gapirdi

Bavariya rahbari Keynning kelajagi borasida gapirdi

Myunxenning «Bavariya» klubida hujumchi Garri Keynning kelajagi bo'yicha vaziyatga aniqlik kiritildi. Klubning sport direktori Maks Eberl ingliz futbolchisi bilan yangi shartnoma masalasi muhokama qilinayotganini tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Nemis Sky jurnalisti Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlarda Eberlning so'zlarini keltirdi: «Biz Garri bilan muzokara olib boryapmiz».

Manbaga ko'ra, gap 2028 yoki 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan kelishuv haqida ketmoqda. Qayd etilishicha, Keyn shartnomani uzaytirishga ijobiy qaraydi va transfer haqida o'ylamayapti.

Garri Keyn «Bavariya»ga 2023 yil yozida kelib qo'shilgan. Shundan beri u rasmiy turnirlarda 126 o'yinda maydonga tushib, 119 ta gol urdi va 30 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya rahbari Keynning kelajagi borasida gapirdi