Quilmes stadioni yangilanishi uchun muxlislarni ishga chaqirdi

Argentinaning eng qadimiy klublaridan biri bo‘lgan «Quilmes» 1887 yilda tashkil topgan va yillar davomida katta muxlislar armiyasini jamlagan. Biroq hozir jamoa murakkab davrni boshdan kechirmoqda va klub qo‘llab-quvvatlashga muhtoj. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu sabab «Quilmes» rahbariyati stadionni qayta qurish rejasini e’lon qilar ekan, odatdagi xayriya yig‘imlari yo‘lini tanlamadi. Klub muxlislarni pul o‘tkazishga emas, balki bevosita stadionga kelib, jismoniy mehnat qilib, qayta qurish ishlari bo‘yicha topshiriqlarni bajarishga chaqirdi.
Janubiy yarimsharda jazirama yoz hukm surayotganiga qaramay, muxlislar bu taklifni iliq kutib oldi va ko‘ngillilar tezda yig‘ila boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing