date

Nilufar Usmonova turmush qurish takliflariga qanday javob berishini aytib berdi

Nilufar Usmonova turmush qurish takliflariga qanday javob berishini aytib berdi

Nilufar Usmonova turmush qurish bo‘yicha keladigan takliflarga qanday munosabatda bo‘lishi haqida gapirdi. Xonandaning aytishicha, hayotida turli xil takliflar ko‘p bo‘ladi va u bunday vaziyatlarda avvalo insonning e’tibori hamda muhabbatini qadrlashga harakat qiladi. “Rahmat, qabul qildim, deyman. Chunki bir insonning e’tibori, muhabbatini yerga tushirishga haqqim yo‘q”, deydi u.

Xonanda ta’kidlashicha, ayrimlar uning ajrashganini eslatib, turmush qurishni taklif qilsa, boshqalar turmush qurmasdan birga yashash kabi variantlarni ham aytadi. “Har xil variantlar ko‘p. Lekin men o‘zimning hayotimda juda baxtliman”, degan Nilufar Usmonova bu borada o‘z tanloviga sodiq ekanini bildirdi. U, shuningdek, hayotidagi yaqin insonlar uchun ham doimo duo qilishini aytib, “Allohim, bevaqt o‘lim berma, deb ko‘p duo qilaman. Hayotimda kim bo‘lsa, shu insonning umrini ziyoda qilgin, deb duo qilib turaman”, dedi.

Nilufar Usmonova baxtni vaqtni yaqinlari bilan o‘tkazishda, bir-biriga bo‘lgan e’tibor va mehrda ko‘rishini qo‘shimcha qildi. U omma orasida “Yulduzning qizi” deya e’tirof etilishiga ham munosabat bildirib, bu borada onasining pand-nasihatini esladi: “Oyim aytadi: Agar mening obro‘yimga kibrlanayotgan bo‘lsang, joyingni ko‘rsataman, degan gaplari bor”, deydi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Nilufar Usmonova turmush qurish takliflariga qanday javob berishini aytib berdi