Aktrisa Malika Asqaraliyevaning to‘yi san'at olamini birlashtirdi (foto)

Avval xabar berganimizdek, aktrisa Malika Asqaraliyevaning turmush qurayotgani haqida ma’lum qilingan edi. 18 yanvar kuni esa san’atkorning to‘y marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘y nafaqat oila a’zolari, balki shou-biznes va san’at olami vakillari uchun ham unutilmas voqeaga aylandi.
To‘y marosimi juda ham fayzli, ko‘rkam va yuqori kayfiyatda o‘tdi. Quvonchli kunda ko‘plab mashhur aktrisalar va san’atkorlar mehmon sifatida ishtirok etib, yoshlarga samimiy tilaklarini bildirishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Malika Asqaraliyeva taniqli teleboshlovchi Nilufar Umrzoqovaga kelin bo‘ldi. Marosim davomida esa taniqli xonandalar va san’at vakillari xizmat qilib, to‘yga yanada shukuh bag‘ishlashdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalar va suratlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu to‘y o‘zining nafosati, samimiy muhiti va mashhur mehmonlari bilan muxlislar e’tiborini tortdi.

