date

Uzcard va Humo daromadlari oshdi


O‘zbekistonning to‘lov tizimlari — Uzcard va Humo — 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida daromad oshishini qayd etdi. Uzcard 930 milliard so‘m daromad ko‘rdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 40,7% ko‘p.

Humo esa 224 milliard so‘m ishlab, ko‘rsatkichini 87,7% ga oshirdi. Daromad miqdori bo‘yicha Uzcard mamlakatdagi 35 bankdan 31 tasini ortda qoldirdi, faqatgina Milliy bank, SQB, Hamkorbank va Kapitalbankdan keyin joylashdi.

Ma’lumki, joriy yil boshidan buyon Humo tizimi Paynet kompaniyasiga tegishli. Mazkur bitim qiymati 65 million AQSh dollarini tashkil qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Uzcard va Humo daromadlari oshdi