date

Durov: Fransiya ijtimoiy tarmoqlarga bosim o‘tkazmoqda

Durov: Fransiya ijtimoiy tarmoqlarga bosim o‘tkazmoqda

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Fransiyani ijtimoiy tarmoqlarga nisbatan keskin munosabatda bo‘layotgan mamlakat sifatida tanqid qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda Fransiya politsiyasi X ijtimoiy tarmog‘ining Parijda joylashgan ofisida tintuv ishlarini olib bormoqda. Durov ta’kidlashicha, Fransiya insonlarga hech bo‘lmaganda ma’lum darajada erkinlik beruvchi barcha platformalarni — Telegram, X va TikTok kabi ijtimoiy tarmoqlarni jinoiy javobgarlikka tortishga urinayotgan dunyodagi yagona davlat hisoblanadi.

«Adashmang, bu ozod mamlakat emas», — deya o‘z fikrini bildirgan Pavel Durov.

Ma’lumot o‘rnida, Telegram asoschisi 2024 yil avgust oyida Parij aeroportida qo‘lga olingan edi. Unga nisbatan tergov Telegram platformasida kontentni yetarli darajada nazorat qilmagani, shuningdek, Fransiya huquqni muhofaza qiluvchi idoralari bilan hamkorlik qilishdan bosh tortgani bilan bog‘liq holda olib borilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Durov: Fransiya ijtimoiy tarmoqlarga bosim o‘tkazmoqda