
2026-yilda O‘zbekistonda mikro, kichik va o‘rta biznes uchun kreditlar hajmi oshiriladi va qo‘shimcha 100 ming nafar tadbirkor qo‘llab-quvvatlanadi. Ushbu chora-tadbirlar aholining kambag‘allik darajasini kamaytirish va ularni faol ravishda biznesga jalb qilishning bir qismi sifatida amalga oshiriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga inflyatsiyani jilovlash va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berildi. 2025-yil 1-noyabr holatiga ko‘ra inflyatsiya 10,2% dan 7,8% gacha pasaygan.
2026-yilda ushbu ko‘rsatkichni 7% ga, 2027-yilda esa 5% gacha tushirish rejalashtirilmoqda. Mazkur maqsadlarga erishish uchun banklar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va xizmatlar sohasi loyihalarini moliyalashtirishni oshiradi.
Shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlarining barqaror narxlariga alohida e’tibor qaratiladi. 2026-yilda iqtisodiyotni tijorat banklari tomonidan kreditlash hajmi 450 trillion so‘mga yetadi.
Joriy yil boshidan esa tadbirkorlarga 116 trillion so‘m kredit ajratilgan, mahallalarda 89 ming nafar kishining biznes g‘oyalariga yordam ko‘rsatilgan. Yil yakuniga qadar yana 100 ming nafar fuqaroga ko‘mak berilishi ko‘zda tutilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.