date

Yandex Go taksilari Toshkent aeroportida uchib kelish zaligacha kira oladi

Yandex Go taksilari Toshkent aeroportida uchib kelish zaligacha kira oladi

Toshkent xalqaro aeroportida Yandex Go haydovchilariga endi uchib kelish zali chiqish qismigacha, birinchi qatordan kelib to‘xtashga ruxsat berildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar qildi.

Yandex Go bilan bir qatorda Taxi Millennium, Let’s Trip, Uzviptranservice, Sixt hamda Taxi Airport Tashkent xizmatlari ham ushbu hududga kirish huquqini oldi. Mazkur rasmiy taksi servislariga poytaxt aeroporti oldida 20 daqiqa bepul kutish imkoniyati beriladi.

Uzbekistan Airports ma’lumotiga ko‘ra, rasmiy taksilarga buyurtma berish uchun uchib kelish zalida yagona dispetcherlik xizmati ish boshlagan. Yandex Go taksisiga esa odatdagidek mobil ilova orqali buyurtma qilinadi.

Boshqa taksi xizmatlari va shaxsiy avtomobillar uchun ikkinchi yo‘lak ajratilgan. U yerda to‘xtash 10 daqiqagacha ruxsat etiladi, tartibni esa IIVning avtomatik videokuzatuv tizimi nazorat qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Yandex Go taksilari Toshkent aeroportida uchib kelish zaligacha kira oladi