date

NAPP Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasiga 24,5 mln so‘m jarima qo‘lladi

NAPP Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasiga 24,5 mln so‘m jarima qo‘lladi

Milliy istiqbolli loyihalar agentligi (NAPP) Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasini 24,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Bu NAPP tomonidan mazkur sug‘urtalovchiga nisbatan ilk bor qo‘llanayotgan moliyaviy sanksiya emas: joriy yil oktyabr oyida ham Semurg Insurance 31,5 mln so‘m jarimaga tortilgandi.

Semurg Insurance sug‘urta bozorida 2020 yil bahoridan beri faoliyat yuritadi. 29 dekabr holatiga ko‘ra, kompaniyaning ustav fondi 45 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Hozirda kompaniya avtosug‘urta, mulk va yuklarni sug‘urtalash yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatadi. 2023 yilda Semurg Insurance O‘zbekistondagi sug‘urtalovchilar reytingida 30-o‘rinni egallagan, o‘sha paytdagi aktivlari esa 84 mlrd so‘m bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » NAPP Semurg Insurance sug‘urta kompaniyasiga 24,5 mln so‘m jarima qo‘lladi