date

Qashqadaryo texnologik transport aksiyalari sezilarli oshdi

Qashqadaryo texnologik transport aksiyalari sezilarli oshdi

19–26 dekabr kunlari Respublika fond birjasi «Toshkent»da yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati o‘sish ko‘rsatdi. Natijada UCI fond indeksi 2,4% ga ko‘tarildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Hafta davomida eng katta o‘sish «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalarida qayd etilib, ularning qiymati 14,81% ga oshdi. Shuningdek, «Uzmetkombinat» (+7,04%) va «Uzbekneftgaz» (+5,52%) qimmatlashdi.

Shu bilan birga, haftaning eng yirik pasayishi «UzRTSB» aksiyalarida kuzatildi — kotirovkalar 12,68% ga tushdi. Bundan tashqari, «Garant bank» (-7,62%) va «Uzbekgeofizika» (-4,96%) aksiyalari ham arzonlashdi.

«Uzsanoatkurilishbank» hamda Uzbekinvest aksiyalarida esa narx o‘zgarishi kuzatilmadi. Umuman olganda, yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlarning 14 tasi haftani o‘sish bilan yakunlagan bo‘lsa, 2 tasi o‘zgarmadi, 13 tasi esa manfiy dinamikani ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo texnologik transport aksiyalari sezilarli oshdi