Real Mbappe El Klasikoda maydonga tushishi uchun hammasiga tayyor

Madridning "Real" klubi Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga qarshi bahsda Kilian Mbappeni asosiy tarkibda ko‘rishni istamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan El Klasiko oldidan jarohatdan tiklangan fransuz hujumchi Saudiya Arabistoniga yetib kelgan, biroq uning ilk daqiqalardan o‘ynashga qanchalik tayyor ekani hozircha aniq emas. L'Equipe xabariga ko‘ra, Mbappening start tarkibda maydonga tushish ehtimoli yuqori va "Real" bu uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqchi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar Mbappening og‘riqlarini kamaytirish uchun unga og‘riq qoldiruvchi dori berish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, agar u "Barselona"ga qarshi o‘ynasa, keyingi "Albasete" va "Levante"ga qarshi ikki uchrashuvda unga dam berilishi ehtimoli katta.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!