date

Konrad Laymer Bavariyadagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Konrad Laymer Bavariyadagi kelajagi haqida fikr bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubida to‘p surayotgan o‘ng qanot himoyachisi Konrad Laymer jamoada qolish masalasi yuzasidan savollarga javob berdi. Avstriyalik futbolchining amaldagi shartnomasi yana bir yarim yildan keyin yakunlanadi, biroq yaqin orada uni uzaytirish ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Laymerning ta’kidlashicha, qaror qabul qilishda faqat moliyaviy tomon hal qiluvchi emas. U o‘ziga bo‘lgan munosabat, klub ichida qanday muloqot bo‘layotgani va o‘zini qanchalik qadrlanganini his qilishi muhimligini aytdi. Shuningdek, futbolchi muhim tanlovlarda ota-onasi va turmush o‘rtog‘i unga ko‘mak berishini qayd etdi.

Joriy mavsumda 28 yoshli himoyachi «Bavariya» safida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konrad Laymer Bavariyadagi kelajagi haqida fikr bildirdi