date

Fabian Ruiz Safonov va Shevaleni yuqori baholadi

Fabian Ruiz Safonov va Shevaleni yuqori baholadi

Bu qishdagi penaltidan keyingi seriyalarda Matvey Safonov va Lyuka Shevale amalga oshirgan muhim seyvlar PSJga ikki sovrinni taqdim etdi: Qit'alararo kubok hamda Fransiya Superkubogi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parij klubining yarimhimoyachisi Fabian Ruiz darvozabonlar o'yiniga alohida to'xtalib, jamoada penaltilar borasida haqiqiy mutaxassislar borligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, 11 metrlik zarbalar masalasida u darvozabonlarga to'liq ishonadi va aynan ular PSJga titullar olib kelmoqda.

Ruiz shuningdek, PSJ mashg'ulotlarida penalti tepish ustida juda ko'p vaqt ajratilmasligini ham tan oldi.

PSJning navbatdagi uchrashuvi 12-yanvar kuni Fransiya kubogi 1/16 finalida «Parij» klubiga qarshi bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fabian Ruiz Safonov va Shevaleni yuqori baholadi