Rosenyor Chelsida transferlar qanday yuritilishini aytdi

«Chelsi»ning yangi bosh murabbiyi Liam Rosenyor klubdagi transfer siyosati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Angliyalik mutaxassis yaqinda “ko‘klar” boshqaruviga tayinlandi. U 1 yanvar kuni ishdan bo‘shatilgan Enso Mareskaning o‘rnini egalladi.
Rosenyorning ta’kidlashicha, transfer jarayoni boshqa klublardagidek ochiq va hamkorlikka tayangan bo‘lishi kerak: hamma o‘z fikrini bildiradi, qaror esa birgalikda pishitiladi. U “Strasburg”dagi faoliyati davomida jamoada ko‘rishni istamagan birorta futbolchi ham olib kelinmaganini alohida qayd etdi, deya iqtibos keltirdi jurnalist Ben Jeykobs.
Shanba kuni «Chelsi» Angliya Kubogida «Charlton»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing