Real Sosedad Getafeni so'nggi daqiqalarda taslim qildi

La Liganing 19-turida “Real Sosedad” safarda “Getafe”ga qarshi ancha faol o‘yin ko‘rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida mehmonlar hisobni ochdi: Brais Mendes jarima maydoni ichidan aniq zarba yo‘llab, jamoasini oldinga olib chiqdi. Mikel Oyarzabal ham darvozabon ustidan oshirib urishga urinib ko‘rdi, biroq to‘p balandlik bo‘yicha mo‘ljaldan chiqib ketdi.
Asosiy vaqtning so‘nggi daqiqasida “Getafe” muvozanatni tiklashga erishdi. Ammo qo‘shimcha vaqtning 6-daqiqasida “Real Sosedad” burchak zarbasidan unumli foydalandi — Xon Aramburu bosh bilan gol urib, basklarga g‘alabani olib keldi.
Natijada har ikki jamoa 21 ochko bilan turnir jadvalining o‘rtalarida qolmoqda. Bugun Arsen Zaxaryan uchrashuvni zaxirada boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!