Rabio Milan lagerida vahima yo‘qligini qat’iy aytdi

"Milan" yarim himoyachisi Adrien Rabio "Jenoa"ga qarshi uchrashuvda ochko yo‘qotilgani yoqimsiz bo‘lsa-da, jamoa ichida vahima kayfiyati yo‘qligini ta’kidladi. Fransuz futbolchiga ko‘ra, bosh murabbiy Massimiliano Allegri vaziyatni nazoratda ushlab turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Rabio mavsum hali endigina qiziyotganini eslatib, chempionat may oyida yakunlanishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, oldinda ko‘plab o‘zaro to‘qnashuvlar va muhim bahslar bor, shu sabab "Milan" sokin, asabiylik va shoshqaloqlikka o‘rin yo‘q.
A Seriyaning navbatdagi turida "Milan" "Fiorentina" bilan maydonga tushadi. "Milan" oxirgi bor Italiya chempionligini 2022 yilda qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing