date

Dortmundning Borussiya klubi Stankovichning o'g'liga qiziqish bildirdi

Dortmundning Borussiya klubi Stankovichning o'g'liga qiziqish bildirdi

Deyan Stankovichning o'g'li Aleksandar Yevropadagi klublar e'tiborini tobora ko'proq tortmoqda. Avvalroq uni Londonning «Arsenal» jamoasi tarkibida ko'rishni istayotgani haqida xabarlar chiqqandi, endi esa ro'yxatga Dortmundning «Borussiya»si ham qo'shilishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild nashrining yozishicha, futbolchiga talab va narx oshib borayotgani fonida «Borussiya» uni aynan hozir, kechiktirmay sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Dortmund skautlari esa odatdagidek yosh iste'dodlarni sinchiklab kuzatishda davom etyapti.

Ma'lumotlarga ko'ra, «Inter» Stankovich kichigini Belgiyaning «Bryugge» klubiga 9,5 million yevroga sotgan, hozir esa uning bozor bahosi qariyb uch baravarga oshgan. Shunga qaramay, «Inter»da futbolchini qayta sotib olish bo'yicha ustun huquq saqlanib qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dortmundning Borussiya klubi Stankovichning o'g'liga qiziqish bildirdi