
O‘zbekistonda kelasi yilda qurilish materiallari sohasida energiya tejamkor va ekologik mahsulotlar ulushini 25 foizga yetkazish, 2030 yilga kelib esa bu ko‘rsatkichni 35 foizga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tanishib chiqqan taqdimotda ma’lum qilindi.
Shuningdek, umumiy qiymati 2,4 milliard dollar bo‘lgan 112 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu 13,5 mingta yangi ish o‘rni yaratishga imkon beradi. Kelgusida loyiha portfeli 3,5 milliard dollarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, qiymati 110 million dollarga teng bo‘lgan beshta yirik loyiha strategik ahamiyatga ega bo‘ladi. 2024 yilda kaolinni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 515 million dollar qiymatidagi 40 loyiha amalga oshirilishi va shu yo‘nalishda 460 nafar mutaxassis tayyorlanishi rejalashtirilgan.
Taqdimotda eksport salohiyati ham muhokama qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shni davlatlarda qurilish materiallariga bo‘lgan talab 4 milliard dollardan oshadi.
O‘zbekiston esa 26 davlatga to‘qqiz turdagi mahsulot yetkazib berishni kengaytirishi mumkin. Prezident ilmiy tadqiqotlarning ahamiyatini ta’kidladi.
Kelgusi yildan boshlab qurilish materiallari bo‘yicha ilmiy loyihalarga 30 milliard so‘m ajratiladi. Ushbu soha Jahon savdo tashkiloti talablari bilan moslashtirilmoqda: bugungi kungacha 125 xalqaro standart joriy etilgan bo‘lsa, 2026 yilga kelib bu ko‘rsatkich 166 taga yetadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.