2025-yilning uchinchi choragida MFO bozori o‘sdi

O‘zbekiston Markaziy banki hisobotiga ko‘ra, 2025-yilning uchinchi choragi oxiriga kelib mikromoliya tashkilotlari (MFO) va lombardlar faolligi sezilarli darajada oshdi. Ushbu davrda ularning aktivlari va kapitali ko‘paygan bo‘lsa-da, yuqori foiz stavkalari va muammoli kreditlar tufayli xavflar ham ortgan.
Hisobotda keltirilishicha, kreditlarning 90 foizi yoki 19,2 trillion so‘m jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan birga, tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hajmi ham ortib, oktyabr boshiga kelib 1,2 trillion so‘mni tashkil qilgan.
Uchinchi chorak davomida mamlakatda 26 ta yangi MFO va lombardlar ochilib, ularning umumiy soni 218 taga yetdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing