date

Hansae Mobility Farg‘onada zavod qurishni boshladi


Janubiy Koreyaning Hansae Mobility kompaniyasi Farg‘onada avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchi zavod qurilishini boshladi. Loyihaga kiritiladigan investitsiya miqdori 30 milliard AQSh dollarini tashkil etadi.

Zavod yarim o‘qlarni ishlab chiqaradi — bu detal motor quvvatini g‘ildiraklarga uzatish uchun xizmat qiladi. Ishlab chiqarishni 2026 yilda yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Zavod yiliga 500 ming dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Hansae Mobility allaqachon UzAuto’ning yirik yetkazib beruvchilari qatoriga kiradi.

Yanvar-sentyabr oylarida kompaniyaning O‘zbekistondagi sotuvi 49,8 milliard vonni (33,8 million AQSh dollari) tashkil etdi, bu uning umumiy savdosining 14 foizini tashkil qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Hansae Mobility Farg‘onada zavod qurishni boshladi