date

O'zbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda 5,8% o'sishi kutilmoqda

O'zbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda 5,8% o'sishi kutilmoqda
Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) 2025 yilda Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi iqtisodiyoti 5,8 foizga o'sishini prognoz qilmoqda. Bungacha bank ushbu ko'rsatkichni 5,5 foiz deb baholagan edi.

Keyingi yilda mintaqa yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 5 foizga o'sishi kutilmoqda. Ushbu ijobiy prognozlar davlat investitsiyalarining ko'payishi, pul o‘tkazmalarining oshishi va ichki talabning barqarorligi bilan bog‘liq.

Bank, shuningdek, Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti bo‘yicha prognozlarini yaxshiladi. Joriy yilda ushbu mintaqa YaIMi 5,1 foizga, kelasi yilda esa 4,6 foizga o‘sishi kutilmoqda.

Xitoy iqtisodiyoti uchun joriy yilgi o‘sish ko‘rsatkichi 4,8 foizga, Hindiston uchun esa 7,2 foizga oshirilgan. Janubi-Sharqiy Osiyo iqtisodiyoti esa Indoneziya, Malayziya, Singapur va Vetnamning ijobiy ko‘rsatkichlari tufayli 4,5 foizga o‘sishi kutilmoqda.

OTB asosiy xavf omillari sifatida savdo munosabatlaridagi keskinlikning qayta kuchayishi, geosiyosiy bosimlar, moliyaviy bozorlardagi o‘zgarishlar va Xitoyning ko‘chmas mulk bozoridagi holatning keskin yomonlashishini qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O'zbekiston iqtisodiyoti 2025 yilda 5,8% o'sishi kutilmoqda