6 203
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarining qay birida benzin eng arzon?
19 dekabr kuni Qozog‘iston energetika vaziri K.Bozumbayev hukumat yig‘ilishida Qozog‘istonda motor yonilg‘isi narxlarini qo‘shni mamlakatlardagi narxlar bilan taqqosladi.
Tadbir davomida ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston neft mahsulotlari bozoridagi vaziyat barqaror, yoqilg‘i-moylash materiallarining yetishmasligi kuzatilmayapti. Qozog‘istonda AI-92 benzinining o‘rtacha chakana narxi 154,8 tenge/l (3475,26 so‘m). Qozog‘istonda dizel yoqilg‘isi narxi - 193,2 tenge/l (4337,34 so‘m).
2018 yil 10 dekabr holatiga ko‘ra, respublika neft bazalarida yoqilg‘i-moylash materiallarining qoldig‘i miqdori ichki bozorning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli: AI-92 benzini zaxirasi - 267,5 ming tonna, dizel yoqilg‘isi - 143,2 ming tonna.
Taqqoslash uchun K.Bozumbayev qo‘shni mamlakatlardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida mavjud bo‘lgan o‘rtacha narxlarni keltirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida benzinning chakana narxi 230,5 tenge (5174,73 so‘m), O‘zbekistonda - 273 tenge (6128,85), Qirg‘izistonda - 234 tenge/l (5253,30).
Rossiya Federatsiyasida dizel yoqilg‘isi narxi - 246,5 tenge (5533,93 so‘m), Qirg‘izistonda - 250,8 tenge (5630,46), O‘zbekistonda - 208 tenge/l (4669,60).
Eslatib o‘tamiz, 16 noyabrdan O‘zbekistonda 1 litr AI 80 chakana narxi 4000 so‘mga teng, AI 91 - 4500 so‘m, dizel yoqilg‘isi 4800 so‘m va EKO dizel yoqilg‘isi 4900 so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan birga, noyabr oyi o‘rtalarida Toshkentdagi «Lukoyl» yoqilg‘i quyish shoxobchalarida import qilinadigan Rossiya benzini va dizel yoqilg‘isi narxi yangilandi:
- AI-92 – 7200 so‘m;
- AI-95 – 7800 so‘m;
- Dizel yoqilg‘isi - 8000 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbekneftgaz» rahbari prezidentning benzin narxi pasayishi haqidagi so‘zlarini tushuntirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi