Foto: Spot
2019 yilning iyun oyida iste’mol bozorida yil davomida birinchi marta umumiy narxlar darajasining pasayishi kuzatilib, oy davomidagi deflyatsiya ko‘rsatkichi 0,5 foizni tashkil qilgan edi, deb xabar berdi Spot.
Iyul oyida ham iste’mol bozorida o‘rtacha narxlar darajasining pasayishi qayd etilib, oy davomidagi deflyatsiya ko‘rsatkichi 0,4 foizni tashkil qildi.
Umumiy hisobda 2019 yilning yanvar iyul oylari davomida iste’mol bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxi 5,2 foizga qimmatlashdi.
2018 yilning iyul oyiga nisbatan respublika iste’mol sektoridagi o‘rtacha narxlar darajasi 13,5 foizga ko‘tarilgan.
2019 yilning iyunidan boshlab oy davomida umumiy iste’mol narxlari darajasining pasayishi asosan mavsumiy tendensiyalar va ommaviy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari narxlarining pasayishi bilan bog‘liq bo‘ldi.
Iyul oyi natijalari bo‘yicha tovarlar narxlari 0,6 foizga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari 1,3 foizga pasaydi. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari oy davomida 0,4 foiz, xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatlashdi.
Yil davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 4,6 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 5,7 foiz, xizmatlar 5,6 foizga qimmatlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda