14:44 / 28.12.2019
4 753

2020 yilda paxta xomashyosi eksporti to‘xtatiladi

2020 yilda paxta xomashyosi eksporti to‘xtatiladi
Foto: AOKA / Quvonchbek Mustafoyev
2020 yildan boshlab paxta xomashyosi eksporti to‘xtatilib, paxta tolasini mamlakatning o‘zida to‘liq ishlash rejimiga o‘tiladi.
Bu haqida Iqtisodiyot vazirligi vakili Quvonchbek Mustafoyev to‘qimachilik sanoati istiqbollari mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

“Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish uchun ikki bosqich bor. Birinchisi, paxta tolasini o‘zimizda to‘liq ishlash. Ikkinchisi, ip kalavani chuqur qayta ishlab, qo‘shilgan qiymat solig‘ini oshirgan holda ko‘proq tayyor mahsulotni eksportga yo‘naltirish. Biz hozirda birinchi bosqich arafasidamiz. 2020 yildan paxta xomashyosini eksport qilish to‘xtatiladi. Paxta tolasini o‘zimizda to‘liq qayta ishlashga o‘tmoqchimiz”, ─ deydi Quvonchbek Mustafoyev.

Ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi bozoriga to‘qimachilik mahsulotlari bilan kirib borish hozirda soha oldidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.

“Yevropa Ittifoqi dunyo bo‘yicha tayyor kiyim, to‘qimachilik mahsulotlarining asosiy iste’molchisi hisoblanadi. Biz bu bozorga kirib borishimiz kerak. Buning uchun 2020 yilda GSP+ tizimiga o‘tishga harakat qilinmoqda. Bu tizim Yevroittifoq bozoriga yaxshiroq kirib borish imkonini beradi”, ─ deydi Iqtisodiyot vazirligi vakili.

Ma’lumot uchun, hozirda O‘zbekiston GSP (Generalized system of preferences ─ imtiyozlar umumiy tizimi) tizimida. Bu Yevroittifoq bozoriga 3000 tovarni boj to‘lovisiz, 3200 tovarni esa pasaytirilgan stavkalarda eksport qilish imkonini beradi. Agar GSP+ tizimiga o‘tilsa, 6000dan ortiq tovarni boj to‘lovisiz eksport qilish imkoni qo‘lga kiritiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » 2020 yilda paxta xomashyosi eksporti to‘xtatiladi