22:44 / 14.04.2020
3 333

Yuliy Yusupov: Markaziy bank kursni ushlab turishi ham, uni devalvatsiya qilishi ham kerak emas

Yuliy Yusupov: Markaziy bank kursni ushlab turishi ham, uni devalvatsiya qilishi ham kerak emas
Iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish markazi direktori Yuliy Yusupov Ground Zero tomonidan tashkil qilingan vebinar doirasida «Koronavirusgacha va undan keyingi jahon iqtisodiyoti va O‘zbekiston» mavzusida ma’ruza qildi hamda savollarga javob berdi.

Valyuta kursiga nima bo‘ladi?
Almashinuv kursi bozorda aniqlanadi hamda talab va taklifning nisbati hisoblanadi. Valyutaga avvalo importyorlar ehtiyoj sezadi. Bu biz siz bilan iste’mol qiladigan, iqtisodiyot, sanoat iste’mol qiladigan import tovarlardir. Valyuta taklifi eksportchilarimiz tomonidan ishlab topiladi. Bu xom ashyo eksporti va mehnat migrantlari ishlab topgan pul.

Valyuta taklifi asosan ana shu ikki yo‘nalish orqali keladi. Inqiroz tufayli bizda valyutaning kelishi keskin qisqaradi, eksport qisqaradi va migrantlardan keladigan tushumlar ham keskin qisqaradi. Iqtisodiyot, valyuta kursini «ushlab turadigan» yagona narsa bu – oltin eksportidan keladigan tushumlar. Ular istiqbolda o‘sishi kerak.

Almashinuv kursiga ta’sir ko‘rsatadigan yana bir muhim omil – asosiy savdo hamkorlarimiz – Rossiya va Qozog‘iston valyutalarining devalvatsiyasidir. Ular neft narxiga o‘ta tobe, bu kurslar esa tushib ketdi. Mazkur vaziyatda valyuta kursi o‘zgarmagan holda, rossiyalik va qozog‘istonliklar mahsulotlari bilan taqqoslaganda, ularning mahsuloti yaxshiroq sotilgani uchun mahsulotlarimiz o‘z-o‘zidan raqobatbardoshligini yo‘qotadi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun doimiy devalvatsiya asosiy hisoblanadimi?
Devalvatsiya muayyan darajada tovarning raqobatbardoshligini oshiradi. Eksportga yo‘naltirilgan ko‘plab mamlakatlar undan foydalanadi. Agar so‘m devalvatsiya qilinsa, tovarlarimiz xorij bozorlarida arzonlashadi, bozorlarimizdagi xorij tovarlari esa qimmatlashadi. Korxonalarimiz yanada raqobatbardoshga aylanadi. Buni (sun’iy devalvatsiyani – tahr) mohirona va juda ehtiyotkorlik bilan amalga oshirish kerak. Chunki devalatsiya – inflyatsiyaning muhim manbayi. Shuning uchun ushbu instrumentdan foydalanishdan oldin dastlab inflyatsiyani jilovlash kerak.

Shu sababli Markaziy bank hozirda kursni ushlab turishi ham, uni devalvatsiya qilishi ham kerak emas. Kursni talab va taklifdan kelib chiqib, muvozanat darajasiga yo‘naltirishi lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Yuliy Yusupov: Markaziy bank kursni ushlab turishi ham, uni devalvatsiya qilishi ham kerak emas