date

Bahrayn-2025: O‘zbekistonlik qizlar oltin medal sohibi bo‘lishdi

Bahrayn-2025: O‘zbekistonlik qizlar oltin medal sohibi bo‘lishdi

2025-yil 26 oktyabr kuni Bahraynda o‘tkazilgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarida o‘zbekistonlik atletlar Parizoda Talabova va Anastasiya Silchenkova mamlakatimizga ikki oltin medal olib kelishdi. Yengil atletika bo‘yicha nayza uloqtirish musobaqasida Parizoda Talabova o‘zining ishonchli chiqishi bilan birinchi o‘rinni egalladi.

U 53,08 metr natija bilan raqiblaridan ustun keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. 3000 metr masofaga yugurish bo‘yicha qizlar o‘rtasidagi final poygada Anastasiya Silchenkova butun masofa davomida yetakchilikni qo‘ldan boy bermay, chidamlilik va mahoratini namoyish etdi.

U 9 daqiqa 43,61 soniya natija bilan marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va jamoa hisobiga 14-oltin medalni qo‘shdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bahrayn-2025: O‘zbekistonlik qizlar oltin medal sohibi bo‘lishdi