
Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Piero Inkapyeni "Kristal Pelas" ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng alohida eʼtirof etdi. Ekvadorlik futbolchi sentyabr oyi oʻrtalaridan beri maydonga chiqa olmagan edi.
U jarohatidan forigʻ boʻlib, oʻyinning soʻnggi daqiqalarida zaxiradan maydonga tushdi va jamoasiga minimal ustunlikni saqlab qolishda yordam berdi. "Bizning muxlislarimiz Inkapyeni sevib qolishadi, bu soʻzlarimni eslab qoling.
U yana oʻynay olishi juda yaxshi. Uning tajovuzkorligi va maqsadga intiluvchanligi har bir harakatida sezildi", - dedi Arteta jurnalist Fabritsio Romanoga bergan intervyusida.
Piero Inkapye joriy mavsum boshida Leverkuzenning "Bayer" klubidan "Arsenal" safiga 52 million yevro evaziga oʻtgan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.