
Namanganda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Janubiy Koreya va Slovakiyada ish topib berishni va'da qilgan ikki firibgarni qo'lga oldi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Birinchi shaxs xususiy agentlik orqali $1 ming oldindan to'lov olgan va ushlandi. Ikkinchi shaxs esa turistik firma rahbari bo'lib, viza rasmiylashtirish uchun $600 va 2,8 million so'm olgani aniqlandi.
Ikkala shaxs firibgarlikda gumon qilinmoqda va ilgari ham javobgarlikka tortilgan. Ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan, hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar