date

Bu hafta oltin quymalarning sotuv narxlari pasaydi

Bu hafta oltin quymalarning sotuv narxlari pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan oltin quymalarning kunlik sotuv narxlari bo‘yicha monitoring natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yil oktyabr oyining navbatdagi ish haftasida oltin narxi pasaydi. Haftalik tahlilga ko‘ra, bir gramm oltin narxi umumiy hisobda 106 800 so‘mga pastlagan. Bu esa eng kichik 5 grammlik oltin quymaning narxi 534 000 so‘mga arzonlashganini bildiradi.

Kunlik o‘zgarishlar quyidagicha bo‘ldi (1 gramm oltin uchun):

  • Dushanba: −42 400 so‘m

  • Seshanba: +20 800 so‘m

  • Chorshanba: −73 400 so‘m

  • Payshanba: −41 800 so‘m

  • Juma: +30 000 so‘m

Mutaxassislarning fikricha, global geosiyosiy vaziyat, xalqaro moliya bozorlaridagi o‘zgarishlar va valyuta kurslarining tebranishi O‘zbekiston oltin narxlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholining investitsion maqsadlarda oltin quymalarini xarid qilishga bo‘lgan qiziqishi narxlarga qo‘shimcha bosim sifatida ta’sir etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bu hafta oltin quymalarning sotuv narxlari pasaydi