Avvalroq O‘zbekistonda dollar kursi keskin ko‘tarilgani haqida xabar berilgan edi. 2020 yil aprel oyidan beri birinchi marta dollar kursi bir kunda 100 so‘mdan ko‘proq oshdi. Banklar dollarni 11 385 so‘mdan sotishni boshladi.
Yil boshidan buyon so‘m 2,9 foizga qadrsizlangan. Bu sezilarli ko‘rsatkich — butun 2021 yilda so‘m jami 3,4 foizga qadrsizlangan edi.
O‘zbekistonda dollar kursini kim va qanday belgilaydi?
1997 yildan 2017 yillargacha O‘zbekistonda rasmiy valyuta kursi sun’iy belgilanar edi – bu importni subsidiyalashda eksport tarmoqlariga (asosan paxta va oltin) soliq solish uchun amalga oshirilardi.
Bunga parallel ravishda «bozor kursi» mavjud edi. Mazkur kurs asl holatni aks ettirgan va shu sababli rasmiy kursdan ikki baravar ko‘p bo‘lgan.
2017 yilning kuzidan beri rasmiy kurs ham bozor asosida belgilana boshlandi. O‘shandan beri O‘zbekistonda dollar kursi talab va taklif hajmiga, shuningdek, jahondagi, xususan, asosiy savdo hamkorlardagi (Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qozog‘iston) vaziyatga bog‘liq.
Talab
Valyutaga talab — bu kompaniyalar va aholiga kerakli bo‘lgan dollar miqdori. Kompaniyalar asosan O‘zbekistonda mavjud bo‘lmagan texnologiyalar va mahsulotlar importi uchun dollar sotib oladi:
Jadval: Markaziy bank
Aholi esa odatda pul jamg‘arib qo‘yish, yirik xaridlarni (masalan, uylar ko‘pincha dollarda sotiladi) amalga oshirish uchun valyuta sotib oladi. Avvalgi yillarda talab qanday shakllangan edi:
Taklif
Valyutaning taklifi bu kompaniyalar, aholi, banklar, Moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi qancha dollar sotganidir:
Jadval: Markaziy bank
Bozorning muhim qismi — mehnat migrantlari tomonidan amalga oshiriladigan xalqaro o‘tkazmalar. Ular O‘zbekistondagi xorijiy valyutaga bo‘lgan talabni qondirishga imkon beradi.
Masalan, 2021 yilda O‘zbekistonga 8,1 mlrd dollar o‘tkazilgan. Bu pullarning bir qismini o‘zbekistonliklar banklarga sotadi, ular esa o‘z navbatida ularni bozorga olib chiqishadi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda dollar kursiga import, eksport, shuningdek, xalqaro o‘tkazmalar ko‘rsatkichlari o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Dollar hozir nima uchun o‘smoqda?
Talab hajmi taklif hajmidan ortib borgani uchun dollar ko‘tarilmoqda. Bunday vaziyat birinchi marta emas. Yaqqol misol — 2019 yilning avgust oyi. O‘shanda so‘m shunchalik qadrsizlanib ketgan ediki, Markaziy bank naqd valyutani sotib olishga ruxsat bergan edi.
2022 yil boshidan beri valyuta bozoridagi vaziyat barqaror bo‘lib kelgan edi – dollar kursi oshgan bo‘lsa ham, bu unchalik keskin bo‘lmagan. Biroq barchasi fevral oyi oxirida Ukraina va Rossiya o‘rtasida urush boshlangandan keyin o‘zgardi.
Davlat statistika qo‘mitasi va Markaziy bank fevral yoki mart oyi (urush boshlangan keyin) uchun ma’lumotlarni hali taqdim qilmadi.
Ammo oldin dollar kursining O‘zbekistonda qanday o‘zgargani hisobga olinadigan bo‘lsa, urush boshlanishi sabab migrantlar, eksport va boshqa manbalardan valyuta tushumlari hajmi qisqargan bo‘lish kerak edi.
Eksport va import Ukraina bilan savdo aloqalari deyarli to‘liq to‘xtagani, Rossiya bilan savdo-sotiq esa qiyinlashgani bois tushib ketgan bo‘lish kerak edi. Bu O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi.
Bundan tashqari, urush logistika va ta’minot zanjiriga salbiy ta’sir ko‘rsatib, natijada, mahsulotlar ushlanib qoladi yoki yarim yo‘lda qolib ketadi.
Rubl qadrsizlanishi oqibatida migrantlar endi dollarda kamroq pul topayotgani sabab, O‘zbekistonga amalga oshiriladigan pul o‘tkazmalari qisqargani bo‘lish kerak edi.
Rubl, tenge yoki lira qadrsizlanishi odatda so‘mning ushbu valyutalariga nisbatan real almashuv kursning mustahkamlanishiga olib keladi. Bu, o‘z navbatida, o‘zbek eksportchilarining raqobatbardoshligi pasayib, talab va taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, Rossiya ham, Qozog‘iston ham yaqinda valyuta olib chiqishga cheklovlarini joriy qildi. Ikkala mamlakat ham O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklaridir, shunday ekan bu bozorda dollar taklifning qisqarishiga olib kelishi kerak edi.
Shunday qilib:
- rubl va boshqa valyutalarning keskin qadrsizlanishi mahalliy eksportchilar mahsulotlari narxini yanada oshiradi va ularning valyuta tushumlarini kamaytiradi;
- ichki bozorda mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlarning narx-navo raqobatbardoshligi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan pasayadi. Bu esa ushbu mamlakatlar importini rag‘batlantiradi hamda valyutaga bo‘lgan qo‘shimcha talabni yaratadi;
- jismoniy shaxslarning xalqaro pul o‘tkazmalarining asosiy oqimini tashkil etuvchi boshqa mamlakatlar valyutasi va rublning qadrsizlanishi ushbu o‘tkazmalar hajmining qisqarishiga olib keladi.
Bularning barchasi so‘mning boshqa valyutalarga, shu jumladan AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanishiga olib keldi:
Endi nima bo‘ladi?
So‘m qadrsizlanishi birinchi marta emas. O‘tgan yillarda ushbu jarayon tashqi omillarning ta’sirini yopdi va milliy iqtisodiyotning o‘zgaruvchan tashqi sharoitlarga moslashishiga yordam bergan edi.
Xususan, eksport va xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha valyuta tushumi hajmining qisqarishi xavfi ularning so‘m ekvivalentini oshirish hisobiga ma’lum darajada kamayadi.
So‘m devalvatsiyasi narxlar darajasiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi. Markaziy bankning hisob-kitoblariga ko‘ra, bir foizlik qadrsizlanish yillik inflyatsiyaning 0,2 foiz punktga tezlashishiga olib keladi. Sodda qilib aytganda, narxlar oshadi.
O‘tgan yillarda tashqi omillar ta’sirini kamaytirish uchun, Markaziy bank pul-kredit siyosatiga o‘zgartirishlar kiritgan edi.
Markaziy bank boshqaruvining eng yaqin yig‘ilishi 17 mart kuni bo‘lib o‘tadi, shunda aniq qaysi choralar qo‘llanilishi ma’lum bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi