date

«Noqulay raqib»: OKMK besh yildan beri «Nasaf»ni yengolmayapti

«Noqulay raqib»: OKMK besh yildan beri «Nasaf»ni yengolmayapti

Superliganing 26-turi doirasida bugun Olmaliq shahrida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tadi — Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi OKMK o‘z maydonida Ro‘ziqul Berdiyev boshchiligidagi «Nasaf»ni qabul qiladi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi ma’lumotlariga ko‘ra, olmaliqliklar qarshiliklarga qarshi so‘nggi besh yil ichida biror marta ham g‘alaba qozona olishmagan. OKMKning «Nasaf» ustidan so‘nggi zafari 2020-yilda qayd etilgan — o‘shanda jamoa o‘z maydonida raqibni mag‘lub etgan edi.

Shundan keyingi 10 o‘yinda Qarshi klubi ustunlikni qo‘lda ushlab kelmoqda: ular besh bor g‘alaba qozonishgan, yana besh bellashuv durang bilan yakunlangan.

Har ikki jamoa uchun bugungi uchrashuv juda muhim. OKMK bu safar nihoyat «Nasaf»ning g‘alabali seriyasini to‘xtatishni, mehmonlar esa peshqadamlik uchun ochko yo‘qotmaslikni maqsad qilgan.

Tahlilchilar fikricha, bu o‘yin nafaqat ochkolar uchun, balki sharaf va tarix uchun ham bo‘ladi. Chunki «Nasaf» oxirgi mavsumlarda OKMK uchun eng noqulay raqiblardan biriga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, OKMK — «Nasaf» bahsi bugun soat 16:30 da start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Noqulay raqib»: OKMK besh yildan beri «Nasaf»ni yengolmayapti