Germaniya prezidenti afrikaliklardan kechirim so‘radi

1 daqiqa o'qish479
Germaniya prezidenti afrikaliklardan kechirim so‘radi

1900-yillarning boshida mustamlakachilikka qarshi ko‘tarilgan Maji-Maji qabilasi qo‘zg‘oloni paytida nemis qo‘shinlari 300 mingga yaqin odamni o‘ldirdi. Prezident Frank-Valter Shtaynmayer qo‘zg‘olon boshlangan Songea shahridagi muzeyda nutq so‘zladi.

«Bu yerda nemislar ota-bobolaringizga qarshi qilgan ishlari uchun uzr so‘rayman», dedi u. «Bu yerda sodir bo‘lgan voqea bizning umumiy tariximiz, ajdodlaringiz tarixi va Germaniyadagi ajdodlarimiz tarixidir».

1905-1907 yillardagi Maji-Maji qabilasi qo‘zg‘oloni nemis mustamlaka ma’muriyatining mahalliy aholini paxta yetishtirishga majburlashi va soliqlarni oshirishi ortidan ko‘tarilgan edi. Shu paytda zamonaviy Tanzaniyaning materik qismi Germaniya Sharqiy Afrikasi tarkibiga kirgan edi. Birinchi jahon urushi davrida bu mustamlaka Buyuk Britaniya tomonidan bosib olindi, so‘ngra uning bir qismi Versal shartnomasiga binoan Belgiyaga berildi. Angliya va Belgiya bu hududni 1961 yilgacha, Tanzaniya mustaqillikka erishgunga qadar boshqardi.

1905 yil iyul oyida koloniyaning shimoli-sharqida qo‘zg‘olon boshlandi, u tez orada zamonaviy Tanzaniya hududining uchdan bir qismini qamrab oldi.

Dastlab qo‘zg‘olonchilar biroz muvaffaqiyatga erishdilar, ammo yil oxiriga kelib partizancha taktikaga o‘tishga majbur bo‘ldilar, chunki Germaniyadan kelgan harbiy qismlar isyonchilarning asosiy kuchlarini mag‘lub etdi.

Yakunda qo‘zg‘olon ikki yildan so‘ng muntazam armiya yordami bilan bostirildi. Operatsiya ekinlarni payhon qilish, mahalliy aholidan chorva mollari va oziq-ovqat mahsulotlarini musodara qilish bilan birga olib borildi.

Maji-Maji qo‘zg‘oloni yetakchilaridan ba’zilarining boshi Germaniya muzeylarida namoyish etish uchun olib ketildi. Ularning ba’zi avlodlari uzoq vaqtdan beri bosh suyaklarni vataniga qaytarishga harakat qilmoqda. Shtaynmayer ushbu suyaklarni vataniga qaytarish masalasiga ham to‘xtalib, Germaniya «sizni qiynayotgan savollarga javob izlashini» aytdi.

2021 yilda Germaniya Afrikadagi yana bir davlat - Namibiyani bosib olish paytida genotsid sodir etganini ham rasman tan olgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?