Xorazmda jabrlangan ayollarga huquqiy koʻmak berildi

Xorazmda jabrlangan ayollarga huquqiy koʻmak berildi
Qisqacha

Xo'razmda jabrlangan ayollarga huquqiy yordam ko'rsatish maqsadida tadbir tashkil etildi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, ayollarga ijtimoiy, psixologik va huquqiy maslahatlar berish belgilandi. Majburiy ijro byurosi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida o'tkazilgan davra suhbatida jabrlangan ayollarga huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayollar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 25 iyundagi 354-sonli qaroriga asosan, tayziq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga ijtimoiy, psixologik, huquqiy hamda boshqa masalalarda maslahat berish va axborot taqdim etish kabi xizmatlar koʻrsatilishi belgilangan.

Bunda, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamkorligi muhim sanaladi.

Shu munosabat bilan Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazi bilan hamkorlikda markazdagi jabrlanuvchi ayollar uchun huquqiy targʻibot va tashviqot tadbiri tashkil etildi.

Davra suhbatida Byuroning Urganch shahar boʻlimi davlat ijrochisi D.Atamuratova hamda Urganch tumani boʻlimi davlat ijrochisi N. Xudayberganovalar tomonidan jabrlanuvchi ayollarga aliment va boshqa ijro hujjatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

Samimiy va ochiq oʻtgan muloqot davomida ayollar oʻzlarini oʻylantirayotgan masalalar yuzasidan bergan savollariga huquqshunos - mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar