Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 6 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari oʻtgan yili 22 apreldan qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqqan edi. Prezident shuningdek, 2024 yil 26 iyulidan 5 avgustiga qadar ham qisqa muddatli mehnat ta'tilida boʻlgandi.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 2021 yili yanvar oyida qisqa muddatli ta'tilda boʻlgan. Shuningdek, davlat rahbari 2019 yil avgustda ham qisqa muddatli mehnat ta'tiliga chiqqandi. Oʻshanda bu Shavkat Mirziyoyevning soʻnggi 17 yillik faoliyatidagi birinchi mehnat ta'tili ekani ta'kidlangan edi.
2022 yili Oʻzbekiston prezidenti tomonidan barcha mahalliy hokimlik hamda sektor rahbarlarining mehnat ta'tiliga chiqishi va davolanishini ikki bosqichda oʻtkazish ma'qullangani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Oʻzbekistondagi amaldagi qonunchilikka koʻra viloyat hokimlari hukumat qoshidagi tibbiyot bosh boshqarmasi roʻyxatida turadi. Ularga zarur holatlarda tibbiy diagnostika qilish, davolash, umuman olganda, ularning salomatligini muhofaza qilish mazkur boshqarma zimmasida.
Avvalroq Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahri hamda viloyatlar rahbarlari mehnat ta'tiliga chiqqani haqida xabar berilgandi.
Oʻzbekistonlik amaldorlarning mehnat ta'tili odatda 10 kun davom etar edi. 2021 yilning 17 yanvar kuni Qoraqalpogʻiston Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahri hokimi va 6 ta viloyat hokimi 10 kunlik muddatga mehnat ta'tiliga chiqqandi. Shu yilning 28 yanvar kuni esa yana ettita viloyat rahbari boshchiligidagi 959 nafar mas'ul — hududlardagi ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi sektor rahbarlari mehnat ta'tiliga chiqadi va salomatligini tiklab qaytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kechiktirilgan «kadastr» uchun jarimalar kamaytirilmoqda
Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stantsiya oʻrnatildi
HAMAS 34 nafar isroillik asirni ozod qilishga tayyor
Tramp yana Kanadaga AQSh bilan birlashishni taklif qildi
Fransiyaning sobiq prezidenti Sarkozi ustidan sud boshlandi
Donald Tramp Jo Baydenni Ukrainadagi mojaroda aybladi
Xayr “Real”, alvido “Siti”! Boshqa superklub Husanovni olish yoʻlini topdi...
Portugaliya klublari qiziqib qolgan futbolchini "Dinamo" qanday saqlab qoldi?