Navoiyda o‘quvchilar ishtirokidagi YTH fojiaga aylandi

Navoiyda o‘quvchilar ishtirokidagi YTH fojiaga aylandi
Qisqacha

Navoi viloyatida o'quvchilar ishtirokida sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasi fojiali oqibatlarga olib keldi. 22 aprel kuni kechki soat 21:00 atrofida, 9-sinf o'quvchisi boshqarayotgan "Cobalt" avtomobili yo'ldan chiqib ketdi. Natijada, 9-sinf o'quvchisi og'ir jarohatlar olib, shifoxonada vafot etdi, 11-sinf o'quvchisi esa turli darajada jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi. Hodisa bo'yicha tergov ishlari olib borilmoqda va mutaxassislar voyaga yetmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishining xavf-xatarlarini ta'kidlamoqda.

Navoiy viloyatida o‘quvchilar ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ayanchli oqibat bilan yakunlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa Karmana tumanining Malik mahallasi hududida 22 aprel kuni kechki soat 21:00 atrofida yuz bergan. Qayd etilishicha, “Cobalt” rusumli yengil avtomobil rulda bo‘lgan maktab o‘quvchisi tomonidan boshqarilgan.

Avtomobil ichida 22-umumta’lim maktabida tahsil oluvchi ikki nafar o‘quvchi bo‘lgan. Harakat davomida haydovchi transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotgan va natijada mashina yo‘ldan chiqib ketgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 9-sinf o‘quvchisi og‘ir jarohatlar olib, shifoxonada vafot etgan. 11-sinf o‘quvchisi esa turli darajada tan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mutaxassislar voyaga yetmagan shaxslarning transport vositasini boshqarishi qanday jiddiy xavf-xatarlarga olib kelishi mumkinligini yana bir bor eslatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar