date

Kelinlik sarpolari mojarosi hal etildi — mulk egalariga toʻliq qaytarildi

Kelinlik sarpolari mojarosi hal etildi — mulk egalariga toʻliq qaytarildi

Byuroning Zarbdor tuman boʻlimi tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlarining ijrosi taʼminlanib, kelinlik sarpolari va boshqa mol-mulklar bilan bogʻliq nizoga barham berildi.

Maʼlum boʻlishicha, sobiq turmush oʻrtoqlar oʻrtasida yuzaga kelgan mulkiy kelishmovchiliklar sabab ayollarga tegishli kelinlik sarpolari va shaxsiy buyumlarni qaytarish masalasida nizo kelib chiqqan. Oʻz mulklarini olib ketishga urinish jarayonida qarshilikka duch kelgan ayollar oʻz huquqlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilgan.

Sud qarorlariga muvofiq, qarzdorlardan undiruvchilar foydasiga jami 35 turdagi mol-mulkni qaytarish belgilangan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida undiruvchilarga tegishli barcha mol-mulklar, jumladan kelinlik sarpolari ham toʻliq qaytarib berildi. Shu bilan mazkur ijro hujjatlari boʻyicha ishlar toʻliq yakunlandi.

Adolat qaror topdi — qonuniy mulk oʻz egasiga qaytdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kelinlik sarpolari mojarosi hal etildi — mulk egalariga toʻliq qaytarildi