Fuqaro manfaati himoya qilindi

Majburiy ijro byurosining Uchtepa tuman boʻlimi ish yurituvida boʻlgan ijro hujjatiga asosan, qarzdor F.R.dan undiruvchi P.S. foydasiga 90 184,9 ming soʻm qarz undirish belgilangan edi.
Mazkur ijro hujjati 2026 yil 14 mart kuni boʻlimga kelib tushib, shu kunning oʻzida ijro ishi qoʻzgʻatildi. Qarzdorga qonunchilikka muvofiq ixtiyoriy ravishda toʻlash uchun 15 kunlik muddat berildi. Biroq belgilangan muddatda qarzdor tomonidan toʻlov amalga oshirilmadi.
Shundan soʻng davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro choralari qoʻllanildi. Jumladan, qarzdorning chet elga chiqish huquqi vaqtincha cheklandi, shuningdek, uning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga soʻrovlar yuborildi. Olingan javoblarga koʻra, qarzdor nomida rasmiy mulk mavjud emasligi maʼlum boʻldi.
2026 yil 6 aprel kuni qarzdorning yashash manziliga chiqilib, unga sud qarorini bajarish zarurligi, bajarmaslikning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, qarzdordan qarzni toʻlash boʻyicha majburiyatnoma olindi.
Olib borilgan izchil va samarali ijro harakatlari natijasida, 2026 yil 20 aprel kuni qarzdor tomonidan 90 184,9 ming soʻm qarz toʻliq qoplandi.
Undirilgan mablagʻlar esa 2026 yil 21 aprel kuni undiruvchining murojaatiga asosan uning plastik kartasiga oʻtkazib berildi. Shu tariqa, fuqaro manfaati taʼminlandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!