
Davlat xavfsizlik xizmati Nurafshonda hokim yordamchisini qo'lga oldi. U ikki ming dollar evaziga Ekologiya qo'mitasi hududiy boshqarmasida ishga joylashtirishni va'da qilgan.
Ma'lum bo'lishicha, u ilgari bir necha bor sudlangan. Mansabdor shaxs tanishlaridan biridan xizmatlari uchun pul olayotgan vaqtda ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Bu hokimlar va ularning yordamchilari pora bilan qo'lga tushgan birinchi holat emas.
Oktabr oyi boshida Sirdaryo va Navoiyda bir necha mansabdor shaxs pora bilan bog'liq holatlarda ushlangan edi. Joriy yilning aprel oyiga kelib, Samarqand viloyatida o'nlab hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishlari ochilgan.
Bundan tashqari, Farg'onada ikki nafar mansabdor kreditlar bilan bog'liq firibgarlikda ayblangan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.